Italiya Kubogi. Lukakuning 119-daqiqadagi goli “Inter”ni chorak finalga olib chiqdi

Eldor Akmurzayev
13 yanv 2021, 21:40
Musobaqa 1/8 bosqichidan o'rin olgan “Fiorentina” – “Inter” o'rtasidagi bahs g'olibi ekstra taymlarda aniqlandi.

Asosiy bo'limlarda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 119-daqiqada “neradzurrilar” forvardi Romelu Lukaku raqib darvozasini ishg'ol etdi va uchrashuv penaltilar seriyasigacha bormasligini taminladi.

"Inter" keyingi bosqichda hamshahari "Milan" bilan to'qnash keladi.

Fiorentina – Inter 1:2 (0:1, 1:0, 0:0)

Artemio Franki

Gollar: 0:1 – 40, penalti Vidal, 1:1 – 57 Kuame, 1:2 – 119 Lukaku.

Fiorentina – Terrachchano, Kaseres (Venuti, 53), Martines, Igor Julio, Biragi, Esserik (Vlaxovich, 52), Amrabat, Bonaventura, Kastrovilli, Milenkovich, Kuame (Kalexon, 97).

Inter – Xandanovich, Kolarov, Yang (Xakimi, 69), Ranokkiya, Shkrinyar (de Vrey, 61), Galyardini (Barella, 81), Perishich, Vidal (Brozovich, 94), Eriksen, Sanches, Martines (Lukaku, 69).

Ogohlantirishlar: Esserik (6), Bonaventura (27), Shkrinyar (45), Kuame (58), Eriksen (79), Igor Julio (79), Vidal (84), Xakimi (112), Ranokkiya (117), Sanches (120), Lukaku (120).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia