Italiya Kubogi. 1/8 final. “Napoli” 87-daqiqagacha 2:1 hisobida oldinda borib, yakunda musobaqa bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2023, 08:25
Musobaqaning 1/8 finali doirasida “Napoli” o'z maydonida “Kremoneze”ni qabul qilib, penaltilar seriyasida raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. 87-daqiqada mehmonlar forvardi Feliks Afena-Gyan muvozanatni tiklab, ekstra-taymlar belgilanishiga sababchi bo'ldi.

Futbol lotereyasida esa neapolliklardan 4-zarbani yo'llagan Stanislav Lobotka noaniq harakat qildi.

"Napoli" – "Kremoneze" 2:2 (2:1, 0:1, 0:0, 0:0), 

Penaltilar seriyasi - 4:5

"San-Paolo"

Gollar: 0:1 – 18 Pikel, 1:1 – 33 Jezus, 2:1 – 36 Simeone, 2:2 – 87 Afena-Gyan.

"Napoli" – Meret, Bereshinski, Jezus, Estigor (Kim Min Chje, 82), Olivera, Elmaz (Zelinski, 85), Ndombele (Osimxen, 102), Gaetano (Lobotka, 65), Simeone, Raspadori (Zambo-Angissa, 65), Dzerbin (Politano, 65).

"Kremoneze" – Karnezekki, Sernikola, Byanketti, Xendri (Dzanimakkya, 82), Vaskes, Kualyata (Valeri, 70), Meyte, Kastanetti (Buonayuto, 66), Pikel (Ayvu, 109), Chiofani (Tsadju, 66), Okereke (Afena-Gyan, 65).

Penaltilar ketma-ketligi - 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.

Ogohlantirishlar: Vaskes (29), Okereke (45), Kualyata (58), Dzerbin (61), Jezus (90), Meyte (90), Sernikola (90), Valeri (93).

Chetlatish: Sernikola (100).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia