Italiya chempionati. “Napoli” – “Inter” uchrashuvida hisob ochilmadi

22 okt 2017, 01:48
Italiya A seriyasining 9-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv Neapolda o'tkazildi.

Chempionat peshqadami “Napoli” o'z uyida Spaletti boshchiligidagi “Inter”ni qabul qilib, raqib darvozasiga yo'l topa olmadi.

Natijada mavsumda ilk bor ochko yo'qotishiga qaramay, “Napoli”  25 ochko bilan turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda. “Inter” peshqadamdan ikki ochko ortda qolmoqda.

Italiya chempionati, 9-tur.

Napoli – Inter 0:0 (0:0, 0:0)

Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Zelinski, 72), Jorjino, Kalexon, Allan (Rog, 76), Insine (Una, 80), Mertens.

Inter –Xandanovich, Shkrinyar, Nagatomo, D`Ambrozio, Miranda, Vesino, Galyardini, Valero (Joau Mariu, 71), Kandreva (Joau Kanselu, 83), Perishich, Ikardi (Eder, 87).

Ogohlantirish: Miranda (66), Kulibali (90).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia