Italiya A Seriyasida o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
1 okt 2022
Italiya chempionatida sentyabr oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy nomi ma'lum qilindi.

Mukofot "Udineze" bosh murabbiyi Andrea Sottilga nasib etdi.

Sentyabr oyida murabbiy shogirdlari uchta o'yinda ham g'alaba qozonishdi: "Roma" (4:0), "Sassuolo" (3:1) va "Inter" (3:1).

Jamoa hozirda A Seriya turnir jadvalida peshqadam "Atalanta" va "Napoli"dan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda.

"Udineze"ning navbatdagi o'yini 3 oktyabr kuni "Verona"ga qarshi kechadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia