Italiya A Seriyasi. Osimxen va Kvaratsxeliyaning gollari "Napoli"ga "Sassuolo" ustidan g'alaba keltirdi

Iskandarov Abdulaziz
29 okt 2022, 20:53
Italiya A Seriyasida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Luchano Spaletti boshchiligidagi "Napoli" bugun o'z maydonida "Sassuolo"ni qabul qildi. Uchrashuvda Viktor Osimxen (xet-trik) va Xvicha Kvaratsxeliyaning gollari nepolliklarga 4:0 hisobidagi g'alabani keltirdi. 

Gollar: 1:0 – 4 Osimxen, 2:0 – 19 Osimxen, 3:0 – 36 Kvaratsxeliya, 4:0 – 77 Osimxen.

"Napoli" – Meret, Di Lorenco (Dzanoli, 79), Jezus, Kim Min Je, Mariu Ruy, Lobotka (Demme, 79), Zelinski (Elmaz, 56), Zambo-Angissa (Ndombele, 56), Losano, Osimxen, Kvaratsxeliya (Raspadori, 71).

"Sassuolo" – Konsili, Tolyan, Ferrari, Erlich, Rojerio, Lopes (Obiang, 78), Frattezi (Xarrui, 86), Torstvedt (Mateus Enrike, 65), Pinamonti (Alvares, 65), Loryante, Seyde (Traore, 46).

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia