Istalgan qaror uchun APLning 14 klubi rozilik berishi kerak

Mirjalol Normatov
16 mar 2020, 19:40
"Evening Standard" xabariga ko'ra, o'zgarishlar va yangicha qoidalarni amalga kiritish uchun har 3 klubning ikkitasi rozilik berishi kerak.

Qayd etilishicha, hozirda APLning ushbu mavsumdagi barcha natijalarini bekor qilish yoki chempionni pley-off o'yinlari orqali aniqlash yo'llari tuzilmoqda. Kuchli to'rtlik jamoalari yarim final va final bahslarida qatnashib, chempionni aniqlashi mumkin bo'ladi.

Umuman olganda, tomonlar istalgan qarorni qabul qilishlari uchun 14 klubning roziligi kerak bo'ladi. Ayni damda Angliyada barcha turdagi sport o'yinlari 4 aprelga qadar to'xtatilgan.

29 turdan keyin "Liverpul" katta ustunlik bilan APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standard