
O'yinchilarning takidlashicha, uning faoliyati futbolchilarning ruhiy holati va sog'lig'iga ta’sir qiladi.
Biroq, federatsiya "futbolchilarning murabbiy faoliyatiga shubha qilishiga yo'l qo'ymasligini" ma'lum qilgan.
Shuningdek, tashkilot milliy terma jamoada o'ynashdan bosh tortish "juda jiddiy qoidabuzarlik sanlishi hamda ikki yildan besh yilgacha diskvalifikaciyaga sabab bo'lishi mumkinligi" haqida ogohlantirdi.
"Milliy jamoaga sadoqatli, vatanimiz sharafini himoya qiladigan va Ispaniya libosini kiyishdan faxrlanadigan futbolchilar kerak", deya qo'shimcha qilinadi xabarda.
Ismlari oshkor etilmagan o'yinchilar "xatolarini tan olib, kechirim so'rasalar", termaga qayta chaqirilishi aytib o'tilgan.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Vilda 2015 yildan buyon milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo'lib, jamoasini Evro-22 chorak finaliga qadar olib bordi.