

Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati rasmiy Tvitter sahifasida ma'lum qildi.
“Salom, Krasnodar! Biz shu yerdamiz! Ishqibozlarimiz JCHda bizdan eng yaxshi natijani sabrsizlik bilan kutishmoqda. Biz buni amalga oshirmoqchimiz!” deyilmoqda terma jamoa matbuot xizmati xabarida.
9 iyun kuni ispaniyaliklar Tunis termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
JCH-2018 guruh bosqichida ispanlar Portugaliya (15 iyun), Eron (20 iyun) va Marokash (25 iyun) termalari bilan kuch sinashishadi.








