Ispaniya. Suares va Mataning gollari "Xetafe"ga g'alaba keltirdi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 21:54
Ispaniya chempionatining 22-turida "Xetafe" Bilbaoda "Atletik" mehmoni bo'ldi.

Damian Suares hamda Jeymi Mataning kiritgan gollari evaziga xetafeliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi.

Qayd etish kerak, "Xetafe" ushbu g'alabasidan keyin 39 ochko to'plagan holda Ispaniya chempionati turnir jadvali 3-pog'onasiga ko'tarilib oldi. 4-o'rindagi "Sevilya" bugun "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi.

Atletik – Xetafe 0:2

"San Mames"

Gollar: 0:1 – 36 Suares, 0:2 – 50, penalti Mata.

Atletik – Unai Simon, Yeray Alvares, Martines, Lekue (Kapa, 68), Berchiche, Dani Garsiya, Raul Garsiya, Unai Lopes (Ibai Gomes, 68), Muniain, Vilyalibre (Aduris, 67), Uilyams.

Xetafe – Soriya, Nom, Echeyta, Suares, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Olivera, Djene, Mata (Timor, 86), Deyverson (Molina, 54).

Ogohlantirish: Deyverson (12), Arambarri (40), Berchiche (63), Mata (63), Suares (67), Nom (70), Martines (86).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia