Ispaniya prezidenti Neymar LaLigaga qaytishini istamayapti

Aslanov Jasurbek
13 fev 2018
Ispaniya prezidenti Mariano Raxoyning fikricha, "Real" PSJ hujumchisi Neymarni xarid qilmasligi kerak.

"Real" Neymarni xarid qilishi kerakmi yoki yo'q, buni bilmayman. Gap shundaki, bir muddat avval Ronaldu, Benzema va Beylni jamoaning eng foydali futbolchilari deb hisoblashardi. Bir necha oydan so'ng ularga shubha bilan qarashmoqda. Men ularga ishonaman. Ular hali o'z so'zini aytishgani yo'q. Neymarning "Real"ga o'tishini istamagan bo'lardim" - deydi Raxoy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS