Ispaniya o'z tarixida ilk bor guruh bosqichida Osiyo terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi

Eldor Akmurzayev
2 dek 2022, 09:45
JCH-2022 guruh bosqich oxirgi turida Ispaniya termasi Yaponiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, 2-o'rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

Ispanlar o'z tarixida ilk bor Osiyo futbol konfederatsiyasi vakiliga yutqazdi, deya xabar beradi jurnalist Aleksis Blasker. Bungacha OFK termalariga qarshi 15 bor to'qnash kelgan “Qizil furiya” 13 ta g'alaba va 2 durang (J.Koreya bilan bahsda – 1994 hamda 2002 yillar, asosiy vaqt inobatga olingan)ni qayd etgandi.

Eslatib o'tamiz, Luis Enrike shogirdlariga 1/8 finalda Marokash termasi raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru