Ispaniya kubogi yarim finali. "Atletik" "Granada"dan ustun keldi

Ispaniya kubogi 1/2 final bosqichining dastlabki uchrashuvida Bilbaoning "Atletik" klubi muvaffaqiyat qozondi va javob uchrashuvi oldidan o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol Iker Muniainning hisobiga yozildi.

Atletik – Granada 1:0 

13 fevral, 01.00, San Mames

Gol:

1:0 – 42 Muniain.

Atletik – Unai Simon, Martines, Berchiche, Yeray Alvares, Nunes, Raul Garsiya (Aduris, 67), Vesga, Muniain, Dani Garsiya (San Xose, 84), Kapa, Uilyams.

Granada – Ruy Silva, Dias, Duarte (Eteki, 85), Xerman Sanches, Neva, Errera, Puertas (Valexo, 46), Gonalon, Machis (Jil Diash, 71), Soldado, Fernandes.

Ogohlantirishlar:

Dani Garsiya (16), Uilyams (29), Dias (29), Soldado (65), Aduris (67).


Manba: championat.asia