Ispaniya ketma-ket ikkinchi marta Millatlar ligasi finalida o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2023, 07:28
Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi musobaqasi finaliga yo'l oldi.

Luis de la Fuente jamoasi yarim finalda Italiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. 

Endi ispanlar hal qiluvchi bahsda Xorvatiyaga qarshi bahs yuritadilar. Italiya esa 3-o'rin uchun Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki o'yin ham 18 iyun kuni o'tkaziladi. 

Ma'lumot uchun, Ispaniya ketma-ket ikkinchi yil mazkur turnir finaliga chiqdi. 2021 yilgi musobaqada jamoa Fransiyaga yutqazib qo'ygandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia