Ispaniya jahon vice-chempionlarini qaqshatqich mag'lubiyatga uchratdi

12 sen 2018, 01:40
Millatlar ligasining 2-turida Ispaniya terma jamoasi o'z maydonida Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga javobsiz oltita gol yo'lladi.

Har ikkala bo'limda mezbonlar Dalich shogirdlari darvozasini uch martadan aniq nishonga olishdi.

Avvalgi turda Angliya termasini safarda (2:1) mag'lub etgan ispanlar ikki uchrashuvda 100 foizlik natija bilan o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Millatlar ligasi

2- tur

Ispaniya – Xorvatiya 6:0 

Gollar: 1:0 – 24 Saul, 2:0 – 33 Asensio, 3:0 – 35, avtogol Kalinich, 4:0 – 49 Rodrigo, 5:0 – 57 Ramos, 6:0 – 70 Isko.

Ispaniya – De Xea, Nacho, Gayya, Karvaxal (Aspilikueta, 75), Ramos, Sebalos, Buskets (Rodri Ernandes, 59), Asensio, Saul (Alkantara, 65), Isko, Rodrigo.

Xorvatiya –Kalinich, Mitrovich, Pivarich, Vrsalko (Rog, 20), Vida, Rakitich, Brozovich (Pyaca, 62), Modrich, Kovachich, Perishich, Santini (Livaya, 71).

Ogohlantirish: Santini (12), Brozovich (39).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia