Ispaniya. "Barselona" "Valensiya"ni mag'lub etib Ispaniya rekordini qayd etdi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018, 21:29
Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Valensiya" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Kataloniya klubi o'z maydonida raqibni 2:1 hisobida mag'lub etib Ispaniya rekordini yangiladi. "Barselona" ketma-ket 39ta o'yinda yutqazmadi (o'tgan mavsum oxirida 7 va bu mavsumda 32ta o'yin).

"Barsa" 1980 yilda "Real Sosedad" o'rnatgan rekordni yangiladi. O'shanda klub 38ta o'yinda yutqazmagandi.



Barselona – Valensiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 
1:0 – 15 Suares, 2:0 – 51 Umtiti, 2:1 – 87, penalti Parexo.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Paulino, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Inesta (Denis Suares, 84), Buskets, Koutino (Dembele, 79), Messi, Suares.
Valensiya –    Neto, Garay, Gayya, Ruben Vezu, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh (Pereyra, 69), Santi Mina (Vetto, 71), Rodrigo (Dzadza, 80).
Ogohlantirishlar: Pike (7), Kondogbia (12), Gabriel (75), Dembele (86).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia