Islom To'xtaxo'jaev - Messi va Ronaldu, kashfiyot futbolchi, Qatar ko'chalaridagi bayram va kutilmagan natijalar haqida

Iskandarov Abdulaziz
3 dek 2022, 08:49
Jahon chempionati uchrashuvlarini stadiondan kuzatib borayotganlar orasida taniqli o'zbekistonlik futbolchilar bor.

Xususan "Al Garafa" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev. Hamyurtimiz bu borada o'zining taaassurotlari, uchrashuvlar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Taassurotlar ajoyib. Har bir uchrashuv xuddi bayramdek o'tmoqda. Doxaning barcha burchaklarida mundial kayfiyati kezib yuribdi. Tashkilotchilik ham zo'r",- deydi Islom To'xtaxo'jaev. 

- Argentinaga to'xtalsam, fikrimcha ular dastlabki uchrashuvda oldindan yutdik, deya maydonga chiqdi. Keyingi o'yinlarni yaxshi o'tkazdi. Bunday kutilmagan natijalar jamoalar saviyasi tenglashganidan dalolat, deb o'ylayman. 

- Favoritlar o'sha-o'sha. Lekin barcha uchrashuvlar qiziqarli tempda o'tmoqda. Mayda detallar uchrashuv natijasiga ta’sir ko'rsatayotganini ko'ryapmiz. Shuning uchun biror aniq fikr bildirish qiyin. 

- Hamma qatori ikki afsona Ronaldu va Messining harakatlarini kuzatib boryapman. Qolgan o'yinlarga nisbatan ko'pchilik ularga e'tibor beradi. Ular uchun bu oxirgi mundial. Kashfiyotlarga kelsak, men uchun Argentinadagi Mak Allister so'nggi uchrashuvda nafaqat gol urdi, balki butun uchrashuvni boshqardi. Maydon markazida yaxshi harakat qildi. Qatardagi Jahon chempionatida Afrik terma jamoalari, deylik Kamerundan doim katta natija kutiladi. Ularning o'yinchilarini alohida olib qaraganda kuchli. Lekin jamoa sifatida pand berishadi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia