

Solsberiga qilingan kimyoviy hujumdan keyin Islandiya mamlakati Buyuk Britaniya bilan birgalikda Rossiyaga qarshi diplomatik boykot e'lon qildi.
Ayni damda Islandiya davlati Rossiya bilan aloqalarni to'xtatib qo'ygan. Mamlakat rahbarlari, yuqori lavozimli amaldorlari Rossiyadagi Jahon chempionatiga bormaydi.
Bu haqda Islandiyaning tashqi ishlar vaziri Gudlaugur Tor Tordarson rasman e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Islandiya termasi o'z tarixida ilk mart mundialda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.



