Isko: "Atletiko"ga qarshi javob o'yini umuman boshqacha bo'ladi"
Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2015, 21:18
"Real" futbolchisi Isko "Atletiko"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Vazifamiz yanada qiyinlashdi. Ammo "Bernabeu"da umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Oldinda yana 90 daqiqa turibdi. Muxlislarimiz yordamida vaziyatni o'zgartirishga harakat qilamiz. Bunga kuchimiz etadi", - deydi futbolchi.