Iordaniya terma jamoasining bu yilgi o'yinlari haqida

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 17:30
Iordaniya terma jamoasi 2013 yilda 10 uchrashuvda maydonga tushdi.
Ularning 8tasida zafar quchgan “Nashama” 1 durang va mag'lubiyat qayd etdi. Raqib darvozalariga 21 to'p kiritib, o'z darvozasidan 8 to'p olib chiqdi. Yagona mag'lubiyat Avstraliyaga qarshi o'yinda kuzatilgan. O'shanda Iordaniya 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Hassan boshchiligida Falastin va Liviya o'rtoqlik o'yinlarida dog'da qoldirildi. Suriyaga qarshi Osiyo Kubogi saralash bahsida 1:1 hisobi qayd etildi.

Iordaniya terma jamoasining 2013 yilgi o'yinlari:


31/01/2013  Iordaniya - Indoneziya – 5:0 
06/02/2013  Iordaniya - Singapur – 4:0
21/03/2013  Iordaniya - Belarus – 1:0 
26/03/2013  Iordaniya - Yaponiya – 2:1
27/05/2013  Iordaniya - Liviya – 1:0
11/06/2013  Avstraliya - Iordaniya - 4:0 
18/06/2013  Iordaniya - Ummon – 1:0
06/08/2013  Iordaniya - Falastin – 4:1
09/08/2013  Iordaniya - Liviya – 2:1
15/08/2013  Iordaniya - Suriya – 1:1

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia