Inyaki Uilyams Gana terma jamoasida o'ynaydi. U oldinroq Ispaniya termasida bitta o'yin o'tkazgan

Alisher
6 iyul 2022, 10:17
"Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams Gana terma jamoasi libosini kiyishini e'lon qildi.

U bu haqida twitter'da qo'ygan videosi orqali xabar qildi.

28 yoshli ispan oldinroq Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. U 2016 yilning 29 mayida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi 30 daqiqa o'ynagan.

U shuningdek Ispaniya yoshlar terma jamoasida 17ta o'yinda 3ta gol urishga erishgan.

Gana JCH-2022da "H" guruhida Portugaliya, Urugvay va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Williaaams45