"Inter" "Napoli" xavbekiga shartnoma taklif qildi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 18:10
Futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

"Inter" "Napoli" yarim himoyachisi Pyotr Zelinskiga bitim taklif etdi, deya xabar berdi "La Gazetta dello Sport". "Neradzurri" polshalik uchun yiliga 4 million evro to'lashga tayyor.

Futbolchining neapolliklar bilan amaldagi kelishuvi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq futbolchi "adzurri" bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokara olib borayotganini ma'lum qilgandi.

Biroq vaziyat o'zgarishi mumkin. "Inter" allaqachon Zelinskiga kelishuv taklif qilgan, bundan tashqari, "Yuventus" ham unga da'vogar.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport