"Inter" - Milik uchun kurashda favorit

Alisher
21 noya 2020, 17:00
Polshalik hujumchi Arkadiush Milik qishki transferlar oynasida "Napoli"dan ketishga yaqin.

26 yoshli hujumchining yangi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo'lishi taxmin qilimoqda.

Milanliklar neapolliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan Milik uchun kurashda yetakchilar.

Milan klubi vakillari futbolchining agentlari bilan muzokaralar o'tkazishdi, endi esa "Napoli" bilan bitim borasida kelishishmoqchi.

Transfer narxi 18 million evroga baholanishi kutilmoqda. Arkadiush joriy mavsum A Seriya doirasida umuman maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercato