Inter Mayami - MLS doimiy ligasi chempioni. Messi faoliyatidagi 46-sovriniga ega chiqdi

Khoja
3 okt 2024
MLS 32-turida peshqadam Inter Mayami safarda 2-o'rindagi Kolambus Kryu bilan to'qnash kelib, g'alaba qozondi va muddatidan avval doimiy o'z konferenciyasi chempioniga aylandi.

 Messi dublga erishdi, Suares ham to'p kiritdi.  

Shu tariqa Messi faoliyatidagi 46-sovrinni qo'lga kiritdi. 


MLS. Sharqiy konferenciya. 32-tur

Kolambus Kryu - Inter Mayami 2:3

3 oktyabr, Lover Fild

Gollar: Rossi (46), Kucho (61, penalti) - Messi (45, 45+5), Suares (48). 

Kolambus Kryu – Shulte, Amundsen, Kamasho, Moreyra, Rossi, Ramires (Rassell-Rou, 74), Farsi (Errera, 85), Arfsten (Jons, 74), Nagbe (Shambos, 74), Mecan (Jekson, 90+6), Ernandes.

Inter Mayami – Kellender, Alba, Allen, Frey, Veygandt (Krivcov, 76), Brayt, Redondo (Ruis, 69), Buskets, Gomes (Roxas, 87), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Redondo (38), Veygandt (49), Kamasho (59), Martino (86), Brayt (87).

Chetlatish: Kamasho (63).


KhojaMuallif
Manba: