"Inter Mayami" - "Kolorado Repids" o'yini muxlisa tufayli to'xtab qoldi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2024
Muxlisa o'yin vaqtida Lionel Messi bilan suratga tushdi.

"Inter Mayami" MLSning 7-turida "Kolorado Repids"ga qarshi bahs o'tkazdi va durang (2:2) qayd etdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Florida klubi muxlisasi maydonga tushib, Lionel Messi bilan selfi tushdi. Argentinalik hujumchi kutilmagan holatdan biroz o'zini yo'qotib qo'ydi, ammo qiz bilan rasmga tushdi.

Shundan so'ng bir necha xodimlar va Messining tansoqchisi qizni maydondan olib chiqishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail