"Inter" Martines uchun "Atletiko"dan kamida 80 mln evro talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
1 avg 2021, 11:30
"Atletiko" "Inter" forvardi Lautaro Martinesni sotib olishga harakat qilmoqda.

"Inter" 2 yildan keyin shartnomasi tugaydigan futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi bo'lmayapti. Klub uni kattaroq summaga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. "Atletiko" dastlab 50 million evro taklif qilgandi. Milan klubi esa kamida 80 mln evro so'ramoqda.

Martinesga "Arsenal" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda. O'tgan mavsumda u "Inter" tarkibida 17 gol va 6 assist qayd etdi va A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal