"Inter" Jozeni ortga qaytarmoqchi

5 noya 2016, 14:26
"Inter" klubi rahbariyati jamoa boshqaruviga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyuni qaytarishni istamoqda.


Agarda "Manchester Yunayted" klubi mavsum oxirida Joze Mourinyuni iste'foga chiqaradigan bo'lsa, unda "neradzurrilar" Jozeni Milanga chaqirishmoqchi.

"Inter" klubi yaqindagina jamoa bosh murabbiyi Frank de Burni iste'foga chiqargandi.

Hozircha jamoaga bosh murabbiy tayinlangani yo'q. Bosh murabbiylikka asosiy da'vogarlar ro'yxatida Stefano Pioli va Marselino Toral nomlari bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Sport