"Inter" Italiya terma jamoasi himoyachisini ijaraga oldi

Alisher
29 avg 2019
Italiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Kristiano Biragi faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.

"Neradzurrilar" futbolchini "Fiorentina"dan sotib olish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.

Bir kun oldin "Inter"ning braziliyalik himoyachisi Enrike Dalbert "fialkalar" safiga o'tgan edi.

26 yoshli Bragi o'tgan mavsum "Fiorentina" bilan A Seriyada 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" tez orada MYU vingeri Aleksis Sanchesni ham ijaraga oladi.


AlisherMuallif
Manba: /twitter.com/Inter_en