

Vinchenco Ilayano jamoasi yarim finalda "Kremoneze" jamoasini ortda qoldirdi.
Endi 24 may kuni "Inter" va "Fiorentina" jamoalari "Stadio Olimpiko"da Italiya kubogi final o'yinida maydonga tushadi.
"Fiorentina" – "Kremoneze" 0:0
Fiorentina – Terrachchano, Dodo, Igor Julio (Raneri, 64), Milenkovich, Biragi, Barak, Mandragora, Kastrovilli (Amrabat, 83), Ikone, Gonsales (Kuame, 90), Artur.
Kremoneze – Sarr, Sernikola, Ferrari, Lochoshvili, Kualyata (Buonayuto, 68), Gilone (Valeri, 46), Meyte, Galdames, Pikel, Afena-Gyan (Kastanetti, 70), Okereke (Dessers, 56).
Ogohlantirishlar: Gilone (21), Dodo (39), Igor Julio (59), Sernikola (82).
Jamoalarning birinchi o'yinida "Fiorentina" 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi.



