"Inter" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Mirjalol Normatov
18 sen 2022, 16:50
"Inter" markaziy himoyachisi Stefan de Vrey klubdan ketishga yaqin.

30 yoshli niderlandiyalik futbolchi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi. O'tgan yili klubdagilar futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, biroq futbolchi bunga ko'nmagandi. Endi esa klubning o'zi ham bu masalani ko'tarmayapti.

Ushbu mavsumda de Vrey A Seriyada 6 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano