

Bu haqda Sportitalia nashri xabar tarqatdi. “Neradzurrilar” himoya chizig'ini mustahkamlashga e'tibor qaratishyapti. Ular anchadan beri argentinalik futbolchining o'yinlarini kuzatib kelishmoqda.
Garayga “Yuventus” va “Spartak” klublari ham qiziqish bildiryapti. Avvalroq “Valensiya”ning Garayni 25 mln evroga sotishga tayyor ekanligi haqidagi xabar chiqqan edi.




