"Inter" Daniya chempionatidan himoyachi xarid qildi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023
Himoyachi Yan Bissek "Orxus"dan "Inter"ga o'tdi.

22 yoshli germaniyalik futbolchi bilan shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Futbolchi Daniya jamoasida 2021 yilning yozidan beri o'ynayotgandi. Bissek ikki yil davomida "Orxus" tarkibida 68 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yan o'tgan oy Germaniya terma jamoasi bilan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2023 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, 3 ta o'yinda 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sempreinter.com