"Inter" Brozovich bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
3 sen 2021, 12:45
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Inter" futbolchi bo'yicha yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Gap 3 yillik bitim va yiliga bonuslar bilan birga 4,5 million evrolik maosh haqida ketmoqda. Brozovichning o'zi esa Milanda kamida 6 mln olmoqchi.

28 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira