"Inter" bir necha futbolchi bilan shartnomalarni uzaytiradi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 18:20
"Inter" hozirda amaldagi shartnomasi 2015 yilgacha mo'ljallangan futbolchilardan bir nechasining shartnomasini uzaytiradi, deya xabar bermoqda "Calcio Mercato".
Hozirgi vaqtda "nerazzurilar"ning asosiy maqsadi Rodrigo Palasio, Andrea Ranokkia va Samir Xandanovich bilan shartnomalarni uzaytirishdan iborat. Xandanovichga ayni vaqtda "Barselona"dan qiziqish mavjud.

Ushbu futbolchilarning shartnomalari 2018 yilgacha uzaytiriladi.  Xavera Zanetti, Kristyana Kivu, Valtera Samuel va Luka Kastellaccining shartnomalari 2014 yilda nihoyasiga etsa-da, ularning klubdagi keyingi taqdirlari noma'lumligicha qolmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net