

Hal qiluvchi bahsda konchilar Uralga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:0 hisobida rossiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Jamshid Saidov shogirdlari xalqaro musobaqada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, Qizilqum jamoasi yarim finalda IMT Belgrad jamoasini 3:0 hisobida taslim etgandi.



