Inileev Maxtaaralni tark etdi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014
Qozog'iston birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Maxtaaral" klubi bosh murabbiyi Rauf Inileev o'z lavozimini tark etdi.
Bu haqda Qozog'istonning sportinfo.kz nashri xabar tarqatdi. Rasmiy xabarga ko'ra o'zbekistonlik murabbiy jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli bo'shash haqida ariza yozgan.

Jamoaga ukrainalik Nikolay Trubachev bosh murabbiy bo'ldi.

"Maxtaaral" ushbu mavsumda 12ta o'yinda 2ta g'alabaga erishdi. Jamoa hozircha musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia