Infantinoning maoshi FIFA prezidentligi davrida to'rt barobar ko'paydi

Administrator
20 yanv 2026, 20:56
Lavozimda payti FIFA prezidentining maoshi sezilarli ko'tarilgan.

FIFA prezidenti Janni Infantinoning maoshi u tashkilot rahbari lavozimida bo'lgan davrda to'rt barobarga oshgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Le Monde nashri xabar bermoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, amaldor 2025 yilda 5,27 million evro miqdorida daromad olgan.

Infantino 2016 yilda o'zidan oldingi rahbar Zepp Blatter o'rnini egallagan holda FIFA prezidenti etib saylangan edi. Shveytsariyalik Infantino rahbarligining birinchi yilida 1,28 million evro daromad qilgan. Shuningdek, Infantino 2022-yilgi jahon chempionatini Qatarda o'tkazganligi uchun 1,29 million evro miqdorida mukofot olgani takidlanmoqda.

Infantinoning FIFA prezidentligi muddati 2027 yil 30 martda tugaydi. Avvalroq, tashkilot 2016 yildan 2019 yilgacha bo'lgan davrni Infantino prezidentligining birinchi muddati sifatida hisoblamaslikka qaror qilgan edi. Shu sababli, amaldor 2027 yilda keyingi muddatga qayta saylanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Le Monde