Inesta: “Buni hech qachon yodimdan chiqarmayman”

Eldor Akmurzayev
29 apr 2020, 19:40
“Barselona”ning sobiq a'zosi Andres Inesta kataloniyaliklar bilan qo'lga kiritgan so'nggi chempionligini esladi.

“Bu kecha bo'lgandek go'yo. Bir necha daqiqa o'ynaganimni eslayman va “Riasor”dagi (“Deportivo” o'yingohi) barcha muxlislar o'rnidan turib, meni olqishlashdi, garchand, ularning jamoasi quyi divizionga tushib ketgan bo'lsa ham. Bu men uchun hayajonli hamda og'riqli lahzalar edi. Buni hech qachon esdan chiqarmayman”, deydi hozirda “Vissel Kobe”da o'ynayotgan ispaniyalik xavbek.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru