Indoneziyada o'tadigan U-17 jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

Alisher
27 iyun 2023, 07:29
Kecha Osiyo chempionatining yarim finalchilari aniqlanganidan so'ng Indoneziyada bo'lib o'tadigan U-17 jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Quvonarlisi, ushbu mundialga terma jamoamiz boradi.

Osiyo: Indoneziya (mezbon), Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O'zbekiston

Afrika: Burkina Faso, Mali, Marokash, Senegal

Shimoliy Amerika: Kanada, Meksika, Panama, AQSH

Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Ekvador, Venesuela

Okeaniya: Yangi Kaledoniya, Yangi Zelandiya

Yevropa: Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ispaniya  

Musobaqa 2023 yil 10 noyabr – 2 dekabr kunlari o'tkaziladi. Qur'a tashlash marosimi avgust oyiga rejalashtirilgan.

Turnirda 24 ta jamoa 6 ta guruhga ajratiladi. 1- va 2-o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, 3-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa 1/8 finalga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia