Indoneziya JCH-2034 mezbonligidan voz kechdi va Saudiya Arabistonini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2023, 09:20
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi JCH-2034 mezbonligi uchun Saudiya Arabistonini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Avvalroq mamlakat musobaqani tashkil etish uchun ariza berishini ma'lum qilgandi va bu borada Avstraliya, Malayziya va Singapur bilan muzokaralar olib borgandi. 

"Indoneziya 2034 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun Saudiya Arabistonini qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari Indoneziya Osiyoda bo'ladigan keyingi jahon chempionati mezbonligiga va FIFAning boshqa musobaqalarini qabul qilishga tayyorlanadi", - dedi mamlakat futbol assotsiatsiyasi rahbari Erik Toxir. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Inside the Games