
87 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Jasur Boyqo'ziev finalda g'alaba qozonib, Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi. U finalda Janubiy Koreya vakili Shin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Jasur 1/8 finalda eronlik Yusuf Karamiga qarshi kechgan keskin bahsda 5:4 hisobida zafar quchgandi. Chorak finalda iordaniyalik Muhammad Al Shojahey taslim etilgandi - 6:0. Yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili Shin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Shuningdek, 74 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Nikita Rafalovich finalda eronlik Masud Xajizavarehga qarshi tatamiga tushdi. Afsuski bahsda raqib 3:2 hisobida zafar quchdi. Shunday qilib, Nikita O'zbekiston hisobiga kumush medalini qo'shib qo'ydi.Bungacha u 1/8 finalda afg'onistonlik Dav Roogxbik Zabihullohni 4:1, chorak finalda tailandlik taekvondochi Ila On Pirxatxeplarni 13:1, yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili Song Yong Geongni 12:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.