Incheon-2014. Medallar jamg'arish bo'yicha 9-o'rindamiz

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 10:18
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarida medallar jamg'arish bo'yicha kecha qo'lga kiritilgan medallardan so'ng umumjamoa hisobida 9-o'ringa ko'tarilib oldik.
Ayni paytda terma jamoamiz hisobida 8 ta oltin, 11 ta kumush, 14 ta bronza, jami 33 ta medal bor.



Medallar jamg'arish bo'yicha Xitoy terma jamoasi hamon juda katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Chin yurti vakillari qo'lga kiritgan oltin medallari soni 131 taga etdi. Shuningdek, ularda 90 ta kumush hamda 74 ta bronza medali ham bor. Umumiy medallari soni – 295 ta!

Ikkinchi o'rinda borayotgan mezbonlar hisobida 189 ta medal mavjud. Shulardan 62 tasi oltin, 61 tasi kumush, 66 tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka 40 ta oltin, 64 ta kumush, 60 ta bronza medaliga ega Yaponiya terma jamoasi yakun yasagan. Qozog'iston terma jamoasining oltin medallari 20 taga etgan.

 #Davlat Oltin Kumush Bronza Jami
1 Xitoy 131 90 74 295
2 J.Koreya 62 61 67 190
3 Yaponiya 40 64 60 164
4 Qozog'iston 20 17 29 66
5 Eron 15 11 14 40
6 KXDR 10 10 12 32
7 Tailand 9 6 24 39
8 Qatar 9 - 4 13
9 O'ZBEKISTON 8 11 14 33
10 Xitoy Taypei 8 9 14 31
11 Hindiston 7 9 34 50
12 Gonkong 6 8 22 36
13 Bahrayn 6 5 2 13
14 Malayziya 5 14 11 30
15 Singapur 5 6 11 22
16 Mo'g'uliston 4 4 11 19
17 Indoneziya 3 6 9 18
18 Quvayt 2 4 2 8
19 S.Arabistoni 2 2   4
20 Myanma 2 1 1 4
21 Vetnam 1 10 22 33
22 Filippin 1 2 5 8
23 Tojikiston 1 1 2 4
24 Iroq 1   2 3
24 BAA 1   2 3
26 Pokiston 1   1 2
27 Makao   3 1 4
28 Qirg'iziston   2 3 5
29 Turkmaniston   1 3 4
30 Bangladesh   1 1 2
30 Laos   1 1 2
30 Livan   1 1 2
33 Nepal     1 1
33 Shri Lanka     1 1


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com