

- O'yin haqida fikringiz...
- Hammaga xayli kech. O'ylaymanki, qiziqarli bahs guvohi bo'ldik. Uchrashuv ritmi yuqori bo'ldi. "So'g'diyona" ham chiroyli futbol namoyish etdi.
Birinchi taymda ustunlik bizda, ikkinchi bo'limda esa raqib tomonida bo'ldi. G'alaba qozonganimiz uchun klubimizdagi barchaga minnatdorlik bildiraman. Biz uzoq yo'lni bosib o'tdik. Bu yo'l mavsum boshida Turkiya yig'inidan boshlanib, to bugunga qadar davom etdi. Chempionatni beshinchi o'rinda tugatyapmiz va bu yo'lda qattiq mehnat qildik.



