Ilyos Qurbonov “Metallurg”ga qaytdi. Faqat…

Narzulla Saydullayev
23 fev 2015, 22:38
O'tgan mavsum “So'g'diyona” uchun o'ynagan Qurbonov yana “Metallurg”ga qaytdi.
Faqat bu safar murabbiy sifatida. 35 yoshli sobiq futbolchi butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Murabbiylik o'zini u qadar ko'p kuttirib qo'ymadi va u “Metallurg” yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshladi.

Aytish lozimki, yoshlar jamoasida bungacha Evgeniy Valickiy va Odil Isaboev tandemi ishlab kelayotgandi. Ularning qatoriga endilikda murabbiy Qurbonovni ham ko'shamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia