Ilhom Boydedaev "Neftchi" safida mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2016, 17:54
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy liga-2016ga tayyorgarlik davom ettirish uchun bugundan yana mashg'ulotlarga kirishdi.

4 yanvar kuni tushdan so'ng mashg'ulotlarga kirishgan futbolchilarga Andrey Fyodorov boshchilik qildi. Tatildan so'ng tarkib hali to'liq yig'ilgani yo'q. Jamoa futbolchilari sekin-asta Qirgulidagi qarorgohga yig'ilshmoqda.

“Neftchi”da qishki selekciya jarayoni davom etmoqda. O'tgan mavsum “Navbahor” sharafini himoya qilgan Ilhom Boydadaev bugungi “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Hali futbolchi bilan rasman shartnoma imzolangani yo'q. Ma'lumot o'rnida, sobiq “Navbahor” vakilini jamoa bosh murabbiyi  Andrey Fyodorovning shaxsan o'zi Farg'onaga taklif etgan. Yana tarkibda o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu haqida keyinroq xabar beramiz. Eslatib o'tamiz, Andrey Fyodorov  bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi yana 8 kun davomida Qirgulida mashg'ulot o'tkazadi. Shundan so'ng yig'in, Toshkentga ko'chiriladi.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz