Ilgiz Tantashev yashil maydonga qaytdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 dek 2024
Xabaringiz bor, Ilgiz Tantashev Olimpiada o'yinlarining yarim final bahsida ishlagan va jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

O'sha bellashuv 5 avgust sanasida bo'lib o'tgan va shundan so'ng, Tantashev jarohatini davolash bilan band edi.

Mana oradan to'rt oydan ko'proq vaqt o'tib, Ilgiz Tantashev yana yashil maydonga qaytdi. Tajribali hakamimiz O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent viloyati futbol akademiyasi jamoalari o'yinini boshqarib bordi.

Tantashevga mustahkam sog'liq va kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz!


 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia