Ikki nafar hamyurtimiz Qirg'izistonning "Oloy" klubiga o'tdi

17 fev 2014, 00:11
O'zbekistonlik ikki futbolchi endi Qirg'iziston Oliy ligasining "Oloy" klubida o'ynaydi.
Birinchisi 32 yoshli darvozabon Rustam Dadaboev bo'lsa, ikkinchisi 29 yoshli himoyachi Ulug'bek Mo'minov hisoblanadi.

Har ikki futbolchi ham 2 fevral kuni jamoasi safida AFK kubogi guruh bosqichiga chiqish uchun saralashning 1-bosqichida Falastinning "Shabab al-Tahrea" klubiga qarshi maydonga tushgan.

Bahsning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida omad Qirg'iziston chempioniga klub boqqan.

Manba: championat.asia