

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi qishki transferlar vaqtida jamoasini almashtirish niyatida emas. Futbolchi ayni damda faoliyatidagi og'ir damlarni boshidan kechirayotganiga qaramay Parij klubida qolish niyatida. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum atigi 5 ta o'yinda qatnashdi. Koronavirus sabab Mauro mavsum startini ham o'tkazib yubordi. Avvalroq Ikardining PSJni tark etishga hozirlanayotgani aytilgandi. Ammo futbolchi jamoaga kelishi kutilayotgan yangi murabbiy, vatandoshi Maurisio Pochettino bilan ishlashni xohlamoqda.



