Ikardi Mino Rayolaga rad javobini berdi

Tolibjon Qosimov
14 fev 2018, 20:32
Mashxur futbol agenti Mino Rayola "Inter" sardori Mauro Ikardi bilan hamkorlik qilishni mo'ljallamoqda.

Rayola 24 yoshli milanliklar sardoriga uning qo'lida "Manchester Yunayted"dan taklif borligini xabar qilgan. O'z navbatida, bu kelishuvni aynan Minoning o'zi amalga oshirishi mumkinligini ham aytgan.

Ikardi esa Rayola bilan hamkorlik qilishni rad etgan va o'zining turmush o'rtog'i va agenti Vanda Nara bilan ishlashda davom etishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: corrieredellosport.it