Ikardi "Inter"dagi maoshi 9 mln. evro bo'lishini istamoqda

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2018, 15:10
"Inter" rahbariyati o'z hujumchisi Mauro Ikardiga yillik maoshi 8 mln. evro bo'lgan bitim taklif qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalikning hozirgi maoshi 6,3 mln. evro. Bonuslar bilan bu mablag' 8 mln. evroga yetishi mumkin. Biroq Ikardining o'zi va uning xotini Vanda Nara forvardning maoshi 9 mln. evro bo'lishiga erishmoqchi. Argentinalik hujumchi uning talablari qondirilmasa jamoani tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport