Ikardi "Inter" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi
Narzulla Saydullayev
7 okt 2016, 18:42
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi "Inter" bilan kelishuvni uzaytirdi.
Futbolchi endi 2021 yilga qadar Italiya klubi sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Ikardi bu mavsumda Italiya A seriyasida 7ta o'yinda raqiblar darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.